Популярные Статьи

  • Sardor Rahimxon va Shohzamon - Narxi qancha mehrni ayting Matn Minus Tas-ix

     

    Sardor Rahimxon va Shohzamon - Narxi qancha mehrni ayting music

    [Sardor Rahimxon]
    Narxi qancha mehrni, ayting?
    Hammasini sotib olaman.
    Oqibati bor ostonaga
    Kerak bo`lsa yotib olaman.


    [Shohzamon]
    Ey, narxi qancha mehrni, ayting, ayting?
    Hammasini sotib olaman.
    Oqibati bor ostonaga
    Kerak bo`lsa yotib olaman.


    [Sardor Rahimxon]
    Qayda mehr bozori, ayting?
    Olib beray mehrsizlarga.
    Kerak bo`lsa, yurib uyma-uy,
    Ulashaman bag`ri muzlarga.


    [Shohzamon]
    Narhi qancha mehrni, ayting?
    O`zim olay yetsa imkonim.
    Yetsa molim, yetmasa jonim,
    Narhi qancha mehrni, ayting?


    [Shohzamon]
    Ey, mehringizdan, mayli, bir hovuch
    Bering yetim go`daklar uchun.
    Ko`zlarida o`kinch va ilinj,
    Mehrga zor yuraklar uchun.


    [Sardor Rahimxon]
    Mehr izlab dunyoni kezdim,
    Olishimga bormi qarshilar?
    O`zimga ham kerakdir, biroq
    Ilinaman sizga, yaxshilar.


    [Shohzamon]
    Mehr bormi eski bo`lsa ham?
    Yo`q, degan so`z yomon nechog`liq.

    Подробнее
  • Munisa Rizayeva - Alamim bor Matn Minus Tas-ix

    Man bemorman, holi yomonman,
    Man mehrga zor-intizorman.
    Tinmadi nolam, yurakda alam,
    Bedavoman, benavoman.


    Dardi ko`zimda bo`lur namoyon,
    Azob dilimda, etmadim bayon.
    Insof o`zingga, tosh yuragingga,
    Bir bor kulmadim xiyonatingdan buyon.


    Bergan va’dang nahot va’da bo`lib qolmadimi?
    Yoki ko`ngling bitta yorga nahot ko`nmadimi?
    Zarra vijdon deganlari to`siq bo`lmadimi?
    Alamim bor, alamim bor. (x2)


    Tun, o`tar oy, bo`lmas nihoya,
    Hol so`rab qo`y – bo`lar kifoya.
    Dilimda nolam, topmadi malham,
    Bedavoman, benavoman.


    Dardni dilimga etarmi paydo,
    O`zga insonga bo`lgani shaydo?
    Insof o`zingga, tosh yuragingga,
    Sevgan yurakni qilib bo`ldi-ku ado.


    Bergan va’da nahot va’da bo`lib qolmadimi?
    Yoki ko`ngling bitta yorga nahot ko`nmadimi?
    Zarra vijdon deganlari to`siq bo`lmadimi?
    Alamim bor, alamim bor. (x2+x3)

    Подробнее
  • Zohirshoh Jo'raev - Yaxshi ko’rib qoldimda MATN KARAOKE TAS-IX

    Zohirshoh Jorayev - Yaxshi korib qoldim da

    Yor qalbiga yo`l istab,
    G`unchalagan gul istab,
    Bir mehribon qo`l istab,
    Yaxshi ko`rib qoldimda. (x2)


    Da, da, da, da, da, {x3}
    Yaxshi ko`rib qoldimda.
    Da, da, da, da, da, {x3}
    Yaxshi ko`rib qoldimda.


    Yuzlarida sir ko`rib,
    Yonidan bir ko`rib,
    Ko`nglidagi qor erib,
    Yaxshi ko`rib qoldimda.


    Ko`zlar qora charosdan,
    Lablar qizil gilosdan,
    O`zim bilmay bexosdan,
    Yaxshi ko`rib qoldimda.


    Da, da, da, da, da, {x3}
    Yaxshi ko`rib qoldimda.
    Da, da, da, da, da, {x3}
    Yaxshi ko`rib qoldimda.


    Keting desa tinmasdan,
    Ta’qib etib tinmasdan,
    Keyin o`zim bilmasdan,
    Yaxshi ko`rib qoldimda.


    Durxonami tanasi?
    Dudog` – atir lolasi,
    O`zim bilmay chamasi,
    Yaxshi ko`rib qoldimda.


    Yor qalbiga yo`l istab,
    G`unchalagan gul istab,
    Bir mehribon qo`l istab,
    Yaxshi ko`rib qoldimda. (x2)


    Da, da, da, da, da, {x3}
    Yaxshi ko`rib qoldimda.
    Da, da, da, da, da, {x3}
    Yaxshi ko`rib qoldimda.


    Da, da, da, da, da, {x3}
    Yaxshi ko`rib qoldimda.

    Подробнее
  • Shahlo Ahmedova - Qani (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Shahlo Ahmedova - Qani TAS-IX

    X, Y, Z,
    Gaping uzun, DJ set.
    Vikir-vikir, wild,
    Tugat, bo`ldi ket.


    D + Sh
    Yozilibdi devorda,
    “Barobar” sevaman de
    Yozma tarzida.


    Ay yorim, ko`nglimni ovlama,
    Ko`zimni boylama,
    Bilmasam edi-ku mayli.
    Voy yorim, o`zingni aldama,
    Meni ham qiynama,
    Majnun uyg`on, men emas Layli.


    Qani, qani orzu-armonlar?
    Qani ohlar? Yuragimni tilding.
    Qani lafz, qani o`sha va’dalar?
    Dil izhorlar? Sen meni aldading.


    S.O.S,
    Yurak urar juda tez.
    Sababini bilaman desangchi,
    Ko`ngil kez.


    Bo`l nari,
    Nari yoki beri.
    Qaroringga kelasanmi yo`qmi
    Oxiri?


    Ay yorim, ko`nglimni ovlama,
    Ko`zimni boylama,
    Bilmasam edi-ku mayli.
    Voy yorim, o`zingni aldama,
    Meni ham qiynama,
    Majnun uyg`on, men emas Layli.


    Qani, qani orzu-armonlar?
    Qani ohlar? Yuragimni tilding.
    Qani lafz, qani o`sha va’dalar?
    Dil izhorlar? Sen meni aldading. (x1+x1)
    Sen meni al…

    Подробнее
  • Shohruhxon - Malikam Matn Minus Tas-ix

    Shohruhxon - Malikam music Tas-ix

    Sening ishqingda ey, malak,
    Devonaman, devonaman.
    Vaslingga yetolmay halak,
    Giryonaman, giryonaman.


    Nozlaringning adoyiman,
    Jamolingning shaydoyiman,
    El ichra bir savdoyiman,
    Afsonaman.


    Ou, ou, ou, malikam, malikam,
    Senga umrim bersam kam. (x2)


    Dilimni bog`lab dilingga,
    Aylandim oshiq qulingga.
    Ohlarim to`kib yo`lingga,
    Vayronaman, vayronaman.


    Azoblaring tuyib-tuyib,
    Hijroningda kuyib-kuyib,
    Ne ko`rdim, ayt seni suyib?
    Hayronaman.


    Ou, ou, ou, malikam, malikam,
    Senga umrim bersam kam. (x2)

    Подробнее