Janob Rasul - Erkak (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

Janob Rasul - Erkak (music version 2017)

Rizqi-ro`z ishqida bir joni halak,
Mag`ribu-mashriqni kezar jonsarak.
Oila sha’nini tutib turguvchi,
Tosh o`tmas qo`rg`oni bo`larkan erkak.


Umidi uzilsa qoshi-hiloldan,
Mehr ko`rmasa gar sohibjamoldan,
Xudo nasib etmasa jufti-haloldan,
Sarg`ayib-sarg`ayib so`narkan erkak. {x2}


Yuragi qonini tuproqqa qorib,
Imorat solarkan yog`ochlar yorib.
Uzun kechalarda Haqqa yolvorib,
Farzandiga iqbol tilarkan erkak. {x2}


Umr o`tar, kelar turnalar qaytib,
Eski dardlar qalbin tirnalar qaytib,
Ayoli dardini yig`lasa aytib,
Zor yig`lab, yolg`ondan kularkan erkak. {x2}


Umr o`taverar bag`rini o`yib,
Musibat qiynaydi, bepichoq so`yib.
Ayolin ko`ksiga boshini qo`yib,
Goho tik oyoqda o`larkan erkak. {x2}


Rizqi-ro`z ishqida bir joni halak,
Mag`ribu-mashriqni kezar jonsarak.
Oila sha’nini tutib turguvchi,
Tosh o`tmas qo`rg`oni bo`larkan erkak. {x2}

Написать комментарий

Комментарии

  • Suhrob
    Добавлено

    oshi koshiqni minusini yuboringchi iltimos
    vk/сухроб атакхон

Похожие статьи

Реклама

Loading...