Oybek va Nigora - Yalintirma (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

Oybek va Nigora - Yalintirma | Ойбек ва Нигора - Ялинтирма

Unga-bunga, kimlargadir
Gapirib yurma men haqimda.
Seni sevishimni tasavvur etolmaydi
Baribir hech kim menchalik, asalim.


– A nima bo`libdi endi
Ishxona ishi bilan kech kelsam?
Eshigingni och, asalim!
– Ishxona, choyxona, to`yxona,
Uyi yo`q darbadarsiz, devona!


– Uyda uyimning farishtasi,
Olifta sarishtasi, janjalning ustasi.
– Aldagani boring, endi boshqasini toping!
– Yalinma, yalintirma,
Nozlanib sog`intirma, ko`chalarda qoldirma.
– Ko`cha odamining uyi ham endi ko`cha, ko`cha!
– Ko`chada qolamanmi yana ertalabgacha?


Dushanbadan shanbagacha
Ishlari ko`p mehnatkashim.
Har yakshanba choyxonasi bor,
Ulfat, gapkashim.


– Kesataverma, ishdan charchab kelganda,
Shafqat qil, jonim.
– Tavba, tavba, nima dedim?
Yana man yomon, yana man zolim.


– Uyda uyimning farishtasi,
Olifta sarishtasi, janjalning ustasi.
– Aldagani boring, endi boshqasini toping!
– Yalinma, yalintirma,
Nozlanib sog`intirma, ko`chalarda qoldirma.
– Ko`cha odamining uyi ham endi ko`cha, ko`cha!
– Ko`chada qolamanmi yana ertalabgacha? (x1+x1)

Написать комментарий

Комментарии

Комментариев нет.

Похожие статьи

Реклама

Loading...