Популярные Статьи

  • Dilnoz - Musofirgina onam (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Dilnoz - Musofirgina onam (VideoKlip 2018)

    Olisdagi yagonam,
    Mushtiparim, jon Onam,
    Omonmisiz, sog`misiz,
    Siz baxtimga bormisiz? {x2}


    O`zingizga yetmasdek,
    Mening dardim ham ustak.
    Yana yurak qilib qon,
    Chidaysizmi, Onajon? {x2}


    Bugun oy chiqdi horg`in,
    Onajonim, so`gindim.
    Oymomo aytgin rostin,
    Uni ko`rasan doim,
    Omonmi chiroyligim, hey? (x2)
    Bugun oy…


    Bir kun kelib o`zim ham
    Deyman: baxtli onaman!
    Yo`q, chidolmam unda man,
    Yiroqda bo`lsa bolam,
    Yiroqda yursa bolam.


    Bir kulsam-u bir yig`lab,
    Yolg`izlikdan quvonmam.
    Tushunmasa bir olam,
    Siz baxtimga bormisiz,
    Jon Onajonim, sog`misiz?


    Yiroqda tanhoginam,
    Musofirim, jon Onam,
    Qanday chiday sog`insam?
    Siz baxtimga bormisiz,
    Jon Onajonim, sog`misiz?


    Bugun oy chiqdi horg`in,
    Onajonim, so`gindim.
    Oymomo aytgin rostin,
    Uni ko`rasan doim,
    Omonmi chiroyligim, hey?


    Bugun oy…

    Подробнее
  • Via Marokand - Million MATN KARAOKE TAS-IX

    VIA Marokand - Million

    Meni sevmasa kerak,
    Uyga kelmaganidan sezaman, bilaman.
    Yoki boshqa bittasini topib olgan,
    Bilaman. (gap yo`q)


    Nega sening xayolingda
    Men boshqa bilan yuraman, yuraman?
    Ayt jonim, nima kerak,
    Orzuyingda nima bor, gapir?


    Manga bitta mashina kerak,
    Qo`shnilarga maqtanishim kerak.
    Hammasida Captiva, Captiva, Captiva
    Mashina bor. (O`, nima deyapsan, ey?)


    Yana senga kabriolet kerak,
    Ja bo`lmasa, Mersedes kerak.
    Hammaga ko`z-ko`z, ko`z-ko`z,
    Ko`z-ko`z qilish kerak.
    (Zambarakning o`qi kerakmasmi?)


    Oligarx bo`lish uchun million kerak,
    Mashina olish uchun million kerak,
    Million bo`lishi uchun ishlash kerak,
    Mehnat kerak, o`qish kerak!


    Mili-million, millionlar kerak,
    Mili-million, million. (qancha?)
    Mili-million, millionlar kerak,
    Bir million, bir million. (voy-bo`) (x2)


    Nega va’da berasiz?
    Olib bermaysizku, bilaman, bilaman. (to`g`ri)
    Menga faqat siz kerak,
    Doim yonimda bo`ling, sevaman, sevaman-sevaman.


    Jonim, mening aqlligim,
    Doim meni tushunishing bilaman, sezaman. (to`xta)
    Ayt jonim, (ayt) nima kerak,
    Orzuyingda nima bor, gapir?

    Manga bitta mashina kerak,
    Qo`shnilarga maqtanishim kerak.
    Hammasida Captiva, Captiva, Captiva
    Mashina bor. (O`, nima deyapsan, ey?)


    Yana senga kabriolet kerak,
    Ja bo`lmasa, Mersedes kerak.
    Hammaga ko`z-ko`z, ko`z-ko`z,
    Ko`z-ko`z qilish kerak.
    (Zambarakning o`qi kerakmasmi?)


    Oligarx bo`lish uchun million kerak,
    Mashina olish uchun million kerak,
    Million bo`lishi uchun ishlash kerak,
    Mehnat kerak, o`qish kerak!


    Mili-million, millionlar kerak,
    Mili-million, million. (qancha?)
    Mili-million, millionlar kerak,
    Bir million, bir million. (voy-bo`) (x2)
    Bir…

    Подробнее
  • Lola - Ketaver (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Lola Yuldasheva - Ketaver (music version 2017)

    Sening ko`zingda, har bir so`zingda
    Afsus, men emas.
    Kulib turibman ichimdan yig`lab,
    Go`yo og`ir emas.


    Tunlar yolg`iz, tonglar sensiz,
    Balki ko`nikaman.
    Aybdor o`zim, bu so`nggi so`zim –
    Seni unutaman!


    Ketaver, ortga qaytma,
    Sevaverishing aytma,
    Ketaver, ketaver.
    Mazmun yo`q sevgimizda,
    Sening manziling o`zga,
    Ketaver, ketaver. (x2)


    Yillar o`zimni aldab yashardim,
    Meni sevar deb.
    Yolg`onlaringga ko`zim yumaverib,
    Kutdim, o`tar deb.


    Tinch qo`y meni, baxtli qil uni,
    Meni o`ylama.
    Aybdor o`zim, bu so`nggi so`zim –
    Yetar, urinma!


    Ketaver, ortga qaytma,
    Sevaverishing aytma,
    Ketaver, ketaver.
    Mazmun yo`q sevgimizda,
    Sening manziling o`zga,
    Ketaver, ketaver. (x2+x2)

    Подробнее
  • Jinsiy aloqaning miyaga ta’siri TAS-IX

    Jinsiy munosabat er-xotin hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Aynan shu munosabat orqali shirindan shakar farzandlar vujudga keladi. Bu vaqtda er va xotinning bir-biriga mehri ortadi. Ha, bu gaplarni davom ettirsak anchaga cho‘zilishi tabiiy. Gapni qisqa qilgan holda sizga “Shifo info” gazetasida chop etilgan seksopatolog Dilmurod Ergashevning jinsiy yaqinlik miyaga qanday ta’sir etishi to‘g‘risidagi fikrlarini ulashsak.

    “Erkak kishi jinsiy yaqinlik vaqtida juda kuchli hayajonga berilib, barcha tashvishlarini unutadi. Bu paytda uning yurak urishi va nafas olishi tezlashadi. Qon bosimi ko‘tariladi. Xullas miya faoliyati yuqori darajada ishlaydi. Olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, rohatlanish hissi ayollarga nisbatan erkaklarda kuchli ekan. Xulosalarga ko‘ra, bir erkak butun hayoti davomida o‘rtacha 9,3 soat orgasm his qiladi.

    Jinsiy aloqa va miya

    Jinsiy aloqaning miyaga ta’siri

    O‘zaro yaqinlik jog‘ida erkak miyasida qo‘zg‘alish kuchayib, unga kelayotgan turli qoniqtiruvchi garmonlar miqdori oshadi. Shu tufayli u barcha ko‘ngilsizliklar, tashvishlar va yomon o‘y-hayollarni unutadi. Sababi bu vaqtda nafaqat bosh miya, balki butun organizm maksimal darajada ishlaydi. Shuningdek, yaqinlik vaqtida organizmda oksitotsin deb ataluvchi gormon hosil bo‘ladi. Bu garmon er-xotinning bir-biriga bo‘lgan ishonchini oshiradi, ularga yoqimli tuyg‘ular bag‘ishlaydi.  Seksopatologlar fikricha, orgazm miyaga boruvchi og‘riq hissini bloklab qo‘yadi. Shu sabab muntazam, tartibli jinsiy hayot kechiruvchi erkaklar bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishmaydi.

    Qizig‘i shundaki, jinsiy yaqinlik bosh miyada xotira va aql uchun javobgar hujayralarning ham o‘sishiga yordam beradi. O‘z jufti haloli bilan osoyishtalikda haftasiga 2-3 marta yaqinlik qiladigan erkaklar yurak kasalliklariga kam chalinishadi. Qonda yoshlik uchun javobgar gormonlar miqdorining oshishi hisobiga qarish jarayoni ortga suriladi, teri tetiklashadi. Agar erkakning tos sohasida qon aylanish yaxshi bo‘lsa, unga prostatit xavf tug‘dirmaydi. Shuningdek, yaqinlik ortiqcha vazndan qutulishga ham yordam beradi.

    Ushbu maqolani ham o‘qing:  Urolog, androlog ko‘rigi - erkaklar salomatligi uchun juda muhim

    Yuqoridagilarni keltirishimizdan muddao jinsiy munosabatga harismandlikni aslo rag‘batlantirish emas. Chunki har bir insonga Yaratgan tomonidan faqat o‘ziga xos bo‘lgan me’yor va imkon ato etilgan.

    Zero, jinsiy aloqaga behad ruju qo‘yishning salbiy jihatlari ham ko‘p. Masalan, ayrim g‘arb olimlari o‘z ayoliga xiyonat qilishga odatlangan erkaklarning  aksariyati go‘yoki kuchli jinsiy quvvatga ega bo‘lishlarini iddao etishadi. Lekin aynan o‘sha zinokor toifalarda infarkt va insultdan vafot etish xavfi boshqalarga nisbatan 3-3,5 marotaba yuqoriligi allaqachon o‘z ilmiy isbotini topgan.”

    Manba: 

    Подробнее
  • Shahzoda - Yor kelur (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

    Shahzoda - Yor kelur Шахзода - Ёр келур music version

    Yor kelur, yozim kelur,
    Yurakda orzum kelur.
    Xuddi to`lqinda tosha
    Daryo-yi azim kelur.


    Ko`pdan meni zor etgan,
    Qalbimga ozor etgan,
    Yor kelur uzoqlardan,
    Dilni intizor etgan.


    La-la, la-la-la-la,
    La-la, la-la-la-la. (x2)


    Bag`riga bosh qo`yarman,
    To`yib-to`yib o`parman.
    Jondan aziz yorimning
    Diydoriga to`yarman.


    Ko`pdan beri zor etgan,
    Qalbimga ozor etgan,
    Yor kelur uzoqlardan,
    Dilni intizor etgan.


    La-la, la-la-la-la,
    La-la, la-la-la-la. (x2+x4)

    Подробнее