Yulduz Usmonova - Otamning so’zi (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX - Фильмы и сериалы в Tas-ix

Yulduz Usmonova - Otamning so’zi (MATN MINUS KARAOKE) TAS-IX

Derazadan tushgan nurda
O`g`lim, mening ko`zim bor.
Elga qilgan savobingda
Bilki, yorug` yuzim bor.


Gar g`aflatdan yiroq ersang,
Vujudingda o`zim bor.


Bolam, otam o`lgan dema,
Men o`zingda yashayman.
Kim ortingdan duo qilsa,
Men izingda yashayman. (x2)


Bandasidan qo`rqma, bolam,
Qo`rqqin faqat Xudodan.
Yukinmagin sen har kasga,
Shafqat tila Allohdan.


Rosti o`lmoq – kulib ketish,
Bu yolg`onchi dunyodan.


Bolam, otam o`lgan dema,
Men o`zingda yashayman.
Diling-tiling bir bo`lsa gar,
Men so`zingda yashayman. (x2)


Farzand inson ortidagi
Yonib qolgan chiroqdir.
Chiroq yoqsang, parvonaman,
Ruhim mening uyg`oqdir.


Sen unutma, oxiratda
Har daqiqang so`roqdir.


Bolam, otam o`lgan dema,
Men o`zingda yashayman.
Jondan aziz suygan o`gling,
Ham qizingda yashayman. (x2)


Umr o`zi – oqar daryo,
To`g`oni bu o`limdir.
Qaro yerga bo`sh kirgan
Mening ikki qo`limdir.


Allohning yerda soyasi –
Islom mening o`glimdir.


Tinch bo`lsa gar xalqing, yurting,
Men o`zingda yashayman.
Halol bo`lsa topgan noning,
Men tuzingda yashayman. (x2)


Derazadan tushgan nurda
O`g`lim, mening ko`zim bor.
Elga qilgan savobingda
Bilki, yorug` yuzim bor. (x2)

Написать комментарий

Комментарии

Комментариев нет.

Похожие статьи

Реклама

Загрузка...