ISHLAMASAM BO’LMAYDI - 2 // AMIRXON UMAROV SHOUSI // OCHIQCHASIGA GAPLASHAMIZ

Воспроизведение вашего видео начнется через 10
Пропустить (4)
2 Просмотры
Издатель
Bir nuqtaga tikilgan ma’nosiz nigohlar, bolaga xos boʻlmagan oʻylanish, tirikchilik yuki sabab ezilayotgan murgʻak qalblar… Ularning soʻzlarini eshitgach koʻzingiz namlanishi aniq!

Misollarni yecha olmagani uchun otasi tomonidan kaltaklanadigan qizcha, asosiy vaqtini bozorlarda oʻtkazadi. Topayotgan pulini esa doim ham oʻzi uchun ishlatolmaydi.

Har kuni 14 soatlab ishlaydigan bolakayga halol mehnati uchun vada qilingan pulni bermaydiganlar ham bor. U bunday odamlarga biz orqali murojaat qildi!

Aka-uka bir necha yildan beri koʻchada duch kelgan ishni qilishadi. Ularning maqsadi koʻproq pul topib onasiga yordamlashish. Ularga qarab “yoʻqotilgan bolalik” jumlasi hayolingizga kelishi mumkin!

Majburlikdan ishlayotgan bolalarning aksari yana studiyamizda. “Ishlamasam boʻlmaydi” deyotgan kichkintoylarning haqiqatlarini 8-sentabr kuni 21:20da tinglashingiz mumkin!

@amirxon_umarov_shousi
@my5tv

Boshlovchi imidji @altinyildizclassics_uz va @papa_lazz tomonidan taqdim etildi.

Rejissor: @xadichabonu_1
Muharrir: @nurzodbek_vokhidov
Koordinator: @fayzulloxoja_official
Bosh operator: @azizboy9999uz
Montaj ustasi: @kozimjonsamugjanov
Dastur ma’sul:@Dilobar_Mirvosilova

Dasturlarimizni #AMIRXONOFF youtube kanalida tomosh qiling. #amirxonumarov
Категория
TAS-IX СЕРИАЛЫ
Комментариев нет.